Andijonda go‘rkov tuproq ostida qoldi

Jamiyat

image

Bugun, 15 may kuni Andijon viloyatining Xonobod shahrida qabr qaziyotgan go‘rkovni tuproq bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun soat 9:11 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Xonobod shahar Markaziy qabristonida fuqaroni qabr qazish vaqtida tuproq bosib qolgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan.

Maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilgan.

“Tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazorati ostida”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Uchtepada 3 kishini tuproq bosib qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Xonobod go'rkov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made