Senat yalpi majlisining ikkinchi kuni boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisining ikkinchi ish kuni boshlandi.

Bugun Senat yalpi majlisida qator qonunlarni qabul qilish yoki quyi tashkilotlarga qaytarib yuborish, turli masalalarda parlament so‘rovlari yuborish, xalqaro bitimlarni tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Senatning yigirma birinchi yalpi majlisining birinchi kunida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi, Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydlanish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi, 1 ta qonun takomiliga yetkazish uchun quyi tashkilotlarga qaytarib yuborildi. Bundan tashqari, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining ikkichni chorakdagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti tinglandi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlis

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing