Afg‘onistonda o‘zbekistonlik temiryo‘lchilar hujumga uchradi

Olam

image

Kecha, 20 avgust kuni Afg‘onistonning Balx viloyatida “So‘g‘diyona trans” sho‘ba korxonasi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” tuzilmasiga kiradi) vakillariga qurolli hujum uyushtirildi. 

“ATN News” telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Balxda noma’lum shaxslar O‘zbekiston fuqarolarining avtomobiliga hujum qilgan. Natijada bir o‘zbekistonlik yaralangan, Afg‘oniston harbiysi esa vafot etgan.

O‘zbekiston fuqarosi Xayraton-O‘zbekiston temir yo‘l loyihasi xodimi bo‘lgan.

Politsiyaning ma’lumot berishicha, otishma Balx viloyatidagi Xayraton qishlog‘ida yuz bergan.

Mazkur hodisani kecha, 20 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar telefon muloqoti chog‘ida muhokama qildi.

Hanif Atmar mamlakatning vakolatli organlari tomonidan voqea tafsilotlari sinchkovlik bilan tekshirilayotganini va unga aloqadar shaxslar javobgarlikka tortilishini ta’kidladi.

O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishini so‘radi.

Suhbat davomida Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifining kun tartibi va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Muluqot davomida energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston hujum

Baholaganlar

1393

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made