Sirdaryoda ikki yuk mashinasining to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 may kuni soat 02:40 larda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi 19 yoshli B.B. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli yuk avtomashinasini Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani hududida haydab ketayotib, o‘zidan oldinda svetaforning qizil chirog‘iga to‘xtab turgan fuqaro Sh.X. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Natijada “Gazel” yuk avtomashinasi haydovchisi jarohat olib voqea joyida va uning yo‘lovchisi 19 yoshli B.K. kasalxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing