Aholiga beriladigan mikrokredit miqdori 2 barobarga oshishi mumkin

Jamiyat

image

Noyabr oyidan O‘zbekistonda aholiga ajratiladigan mikroqarz miqdori ikki barobarga oshishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muhokamaga qo‘yilgan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasida aytib o‘tilgan. 

Unga ko‘ra, ushbu qonunning 5-moddasidagi aholiga ajratiladigan mikrokredit miqdori 50 million so‘mdan 100 million so‘mga o‘zgartiriladi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash esa Markaziy bank va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuklanadi. 

Hujjat loyihasi 31 oktyabrga qadar regulation.gov.uz portalida muhokamaga qo‘yilgan. Har bir fuqaro ushbu jarayonda ovoz berishi mumkin. Agar ushbu Qonun muhokamadan o‘tsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida"gi O‘RQ–765-sonli Qonuni 2022 yil 20 aprelda qabul qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, 1 noyabrdan transport vositalari uchun davlat raqami berishda undiriladigan to‘lov stavkalari ham oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank mikroqarz mikrokredit miqdor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made