42 yoshli Teysheyra UFC chempionligini qo‘lga kiritdi

Sport

image

BAA poytaxti Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da UFC 267 musobaqasi yakuniga yetdi.

“Main event” (markaziy bahs) jangida yarim og‘ir vazn toifasining birinchi raqamli da’vogari amerikalik Glover Teysheyra (33-7)  divizion chempioni polshalik  Yan Blaxovichga (28-9) ga qarshi oktagonga ko‘tarildi va raqibi ustidan bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.

Teysheyra oxirgi marta 2020 yilning noyabrida Tiagu Santusni taslim etgandi. Blaxovich esa nigeriyalik yengilmas chempion Israel Adesanyani mag‘lub etishni uddalagandi.

Eslatib o‘tamiz, “Co-main event” (ikkinchi markaziy bahs) jangida yarim yengil vazn toifasining 1-raqamli jangchisi rossiyalik Petr Yan (16-2) amerikalik Kori Sendxagenga (14-4) qarshi oktagonga ko‘tarildi va ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonib, “interim” (vaqtinchalik) chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, rossiyalik Islam Maxachev Yangi Zelandiya vakili Den Xukerni, Hamzat Chimayev esa xitoylik Li Jinliangni mag‘lubiyatga uchratdi.


Maqola muallifi

Teglar

Dana Uayt Abu Dabi Yan Blaxovich UF Glover Teysheyra

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made