O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston chegara to‘g‘risida kelishuv imzoladi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2019
3380O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston “Davlat chegaralari kesishgan nuqta to‘g‘risidagi shartnoma”ni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Hujjatga uchta davlatning Tashqi ishlar vazirlari – Rashid Meredov, Muxtor Tleuberdi va Abdulaziz Komilov imzo qo‘ydi.
Qayd etilishicha, vazirlarning uch tomonlama uchrashuvi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi boshlanishidan avval bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Ashxobod shahrida bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023