MDH mamlakatlarining Mudofaa vazirlari ham Minskda to‘planadi
Olam
−
12 aprel
4466Joriy yilning 3 iyul kuni Minskda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Mudofaa vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 11 aprel kuni Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin va MDH Mudofaa vazirlari kengashi kotibi Yuriy Dashkin uchrashgan.
“Uchrashuvda Hamdo‘stlik formatidagi ko‘p tomonlama harbiy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tomonlar MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv 2024 yil 3 iyul kuni Minskda bo‘lib o‘tadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov MDH TIV rahbarlari yig‘ilishi arafasida Minskda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan uchrashgan edi.
LiveBarchasi