Penzada uch avtomobil to‘qnashdi. Yana o‘zbekistonlik jabrlandi

Olam

image

Bugun, 8 iyun kuni Rossiyaning Penza viloyatida yuz bergan yo‘l-trasport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekiston Republikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Penza viloyati hududidan o‘tuvchi M5 “Ural” federal trassasida yuz bergan YTHda uchta avtomobil to‘qnashib ketgan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan, olti kishi, jumladan 1980 yil 19 aprelda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Oliozaxon Qahramonjonovna Omirzanova jarohat olgan. 

Oliozaxon Omirzanova dastlab Nijniy Lomov tuman shifoxonasiga yotqizilgan, keyin Penza viloyat klinik shifoxonasiga o‘tkazilgan. Bemorning holati vrachlar tomonidan “stabil og‘ir” deb baholanmoqda. 

“Bosh konsulxona vatandoshimizga yordam berish choralarini ko‘rmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyun kuni Penza viloyati hududidan o‘tuvchi M5 “Ural” federal trassasida yuz bergan YTHda ham 8 nafar o‘zbekistonlik jarohatlangandi. Keyinroq 6 iyun kuni shifoxonadagi o‘zbekistonliklardan biri vafot etgandi


Maqola muallifi

Teglar

YTH Penza

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing