“Lokomotiv” safiga kimlar kelib qo‘shildi?

Sport

image

Ma’lumki, har bir klub yangi mavsum avvalida o‘z tarkibiga taklif etilgan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazadi.

“Lokomotiv” PFK ham 2019 yilgi mavsumda jamoaga yordam bera oladigan bir qator futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Bugun, 28 fevral kuni klub tarkibga jalb etilgan  yangi a’zolarini TTZ “Lokomotiv” stadionining matbuot anjumanlari zalida keng jamoatchilikka tanishtirdi.

Yangi mavsumdan e’tiboran kulb safida Aziz Haydarov, Jamshid Iskanderov, Avazbek O‘lmasaliyev, Davron Hoshimov va Javohir Ilyosov kabi yangi mahalliy o‘yinchilar to‘p suradi. Shuningdek jamoa tarkibida bu yil serbiyalik Filip Rayevats va Yovan Jokich hamda turkmanistonlik Arslonmurod Amanov kabi legionerlar ham bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samvel Babayan ham “Lokomotiv” futbol klubi prezidenti maslahatchisi etib tayinlangan edi.
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Lokomotiv

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made