Futbol: O‘zbekiston kubogi chorak finalining barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 20 avgust kuni O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Toshkentning “Bunyodkor” klubi Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning 43-daqiqasida toshkentliklar futbolchisi Farrux Ikromov tomonidan kiritilgan gol o‘yin taqdirini hal etdi.

Shu tariqa “Bunyodkor” chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Qaldirg‘ochlar” yarim final uchun o‘tadigan uchrashuvda “Surxon”ga qarshi bahs olib boradi.

Jizzaxda bo‘lib o‘tgan o‘yinda “So‘g‘diyona” Toshkentning “Lokomotiv” klubini mehmon qildi. O‘yinning 20-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Ayubxon No‘’monov jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 43-daqiqada Diyor Turopov uchrashuvda muvozanatni tikladi (1:1). O‘yin asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 4-daqiqada Xurshid Muxtorov jizzixliklarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi — 2:1.

Shu tariqa, “So‘g‘diyona” jamoasi O‘zbekiston kubogining chorak finaliga yo‘l oldi va ushbu bosqichda Qarshining “Nasaf” klubi bilan bahs olib boradi.

Shuningdek, chorak finalning yana ikki uchrashuvi “Olimpik” – “Paxtakor” hamda OKMK – “Qizilqum” jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilgi O‘zbekiston kubogi finalida “Paxtakor” OKMK bilan bahs olib borgan va 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Lokomotiv Futbol Bunyodkor Navbahor O'zPFL O'zbekiston kubogi So'g'diyona

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing