“Real” Mbappe borasida PSJga taklif bilan chiqdi

Sport

image

Madridning "Real" klubi Parijning PSJ klubi futbolchisi Kilian Mbappeni sotib olish bo‘yicha parijliklarga taklif bilan chiqdi. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar tarqatdi. 

Biroq PSJ rahbariyati Mbappeni sotmasligini ma’lum qildi. Manbaning xabar qilishicha, “Qirollik klubi” futbolchining transfer huquqini sotib olish uchun puli yetmayapti. 

Shunday bo‘lsada, “Real” 2021 yili Mbappening transfer huquqini sotib olish uchun yana bir bor urinib ko‘radi. Kelasi yili madridliklarda moliyaviy muammo bo‘lmaydi. Ta’kidlanishicha, kelasi yilda Mbappening transfer narxi 220 million yevrodan 140 million yevroga tushishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, PSJ prezidenti Emir Katara Mbappening jamoadan ketmasligi uchun barcha choralarni ko‘rib qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

226

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made