Farg‘ona vodiysida koronavirusga chalinganlar 170 nafardan oshdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov mamlakatda koronavirusga chalinganlarning 4 nafari og‘ir va 1 nafari og‘ir ahvolda ekanini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi anqilangan bemorlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, ayni paytda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 390 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir. Vazirlik axborotiga ko‘ra, bemorlar soni bo‘yicha Toshkent shahridan keyin Farg‘ona vodiysidagi viloyatlar turibdi.

Ayni paytda Toshkent shahrida 170 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor davolanmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2, Andijon viloyatida 61, Buxoro viloyatida 19, Namangan viloyatida 48, Farg‘ona viloyatida 64, Xorazm viloyatida 18, Qashqadaryo viloyatida 6 hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda. Bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.

Yosh jihatdan qaraydigan bo‘lsak,

0-9 yoshgacha – 10 nafar (2,6 foiz);
10-19 yoshgacha – 15 nafar (3,8 foiz);
20-29 yoshgacha – 59 nafar (15,1 foiz);
30-39 yoshgacha – 111 nafar (28,5 foiz);
40-49 yoshgacha – 123 nafar (31,5 foiz);
50-59 yoshgacha – 48 nafar (12,3 foiz);
60-69 yoshgacha – 17 (4,4 foiz);
70-79 yoshgacha – 6 (1,5 foiz);
80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,3 foiz)ni tashkil etmoqda.

Bemorlarning 31 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. 9 nafarining ahvoli og‘ir, undan 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

330

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing