O‘zbekiston MTJ pastga sho‘ng‘idi

Sport

image


FIFA bugun, 19 sentyabr holatiga ko‘ra milliy jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, JCH-2022 saralashini Falastinga qarshi mag‘lubiyat bilan boshlagan O‘zbekiston milliy jamoasi 4 pog‘ona pastlab 88-o‘rindan joy oldi.

O‘zbekistonni mag‘lub etgan Falastin esa reytingda 1 pog‘ona yuqorilab, 101-o‘ringa chiqib oldi. O‘zbekiston Osiyo jamoalari ichida reytingda 12-o‘rinda turibdi. JCH saralashini g‘alaba bilan boshlagan Suriya 2 pog‘ona yuqorilab O‘zbekistonni ortda qoldirdi va 85-o‘ringa joylashdi. Osiyo jamoalari orasida hamon Eron reytingda yetakchilik qilmoqda. Mark Vilmots jamoasi dunyo reytingida 23-o‘rinda bormoqda.

Jahon reytingini hamon Belgiya milliy jamoasi boshqarmoqda. Keyingi o‘rinlarda Fransiya, Braziliya, Angliya, Portugaliya va Urugvay egallagan. Kuchli o‘nlikni Argentina yakunlab bergan.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Falastin

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing