MYUda omadi yurishmayotgan ten Xag nemis grandiga ustozlik qilishi mumkin

Sport

image

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag “Bavariya”ni boshqarishi mumkin. Bu haqda futbol jurnalisti Florian Plettenberg X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, so‘nggi haftalarda “Bavariya” va ten Xag vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Murabbiyning “Manchester Yunayted”dagi kelajagi hali noma’lum. Ten Xagning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan, biroq agar murabbiy mavsum yakunida “Manchester Yunayted”dan ketib, “Bavariya”ni boshqarishga tayyor.

Ten Xag 2022 yilning yozida Niderlandiyaning “Ayaks” klubidan kelib “Manchester Yunayted” bosh murabbiyiga aylangandi. Umuman olganda, 53 yoshli mutaxassis barcha turnirlarda 109 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa, shundan 65 tasida jamoasi g‘alaba qozongan, 15 tasida durang o‘ynagan va 29 tasida mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnik “Bavariya”ning taklifini rad etgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Bavariya Erik ten Xag

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made