Hayraton-Mozori Sharif bo‘yicha kelishuvni aslida kim buzdi? Endi Afg‘oniston O‘zbekistonni ayblamoqda

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 1 fevral kunidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi o‘rtadagi kelishuv chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmayotgani sababli Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lidan foydalanish vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi rasmiylari “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni Hayraton-Mozori Sharif o‘rtasidagi temir yo‘l aloqasining texnik masalalari bo‘yicha yangi kelishuvni buzganlikda ayblab chiqdi. Bu haqda Afg‘onistonning “Ariana News” nashri xabar berdi.

Temir yo‘l boshqarmasi rahbari Baxt-ur-Rahmon Sharafatning ma’lum qilishicha, shartnomaga ko‘ra Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘l aloqasini boshqarish uchun 16 nafar o‘zbekistonlik jalb qilinishi kerak edi. Biroq o‘zbek tomoni 65 kishini ish bilan ta’minlashni talab qilmoqda.

“Yagona muammo shundaki, biz 16 nafar texnik xodim ishlashiga kelishib oldik. Ammo ular bir tomonlama shartnoma yuborishdi va unda 16 nafar xodim o‘rniga 65 nafar xodim qayd etilgan. Ularning har birining maoshi 6000 dollarni tashkil etadi. Bu juda katta pul va biz bunday imkoniyatga ega emasmiz”, deya ta’kidlagan Sharafat.

Mas’ulning ta’kidlashicha, O‘zbekiston joriy yilning 1 fevral kunidan e’tiboran Qozog‘iston kompaniyasiga texnik ishlarni topshirishi kerak edi. Ammo buning o‘rniga “O‘zbekiston temir yo‘llari” Hayraton porti orqali xalqaro yuk jo‘natishni to‘xtatib qo‘ygan.

Rasmiy ushbu muammoni hal qilish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani va Afg‘oniston delegatsiyasi shu maqsadda O‘zbekistonga borishga tayyorligini ta’kidlagan.

QALAMPIR.UZ ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati bilan bog‘langanda, ular hozircha bu haqda batafsil ma’lumot bera olmasligini va ayni paytda ushbu masala yuzasidan Afg‘oniston bilan muzokaralar o‘tkazilayotganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made