Zoyir Mirzayevga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
05 avgust 2020
9592Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi. Yangi rahbarlarni viloyat hokimi tanishtirdi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Akbar Burhonovich Eshonqulov Qashqadaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Tayinlovga qadar Akbar Eshonqulov “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.
Shohjahon Omonovich Omonov Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi.
2019 yildan tayinlovga qadar Shohjahon Omonov Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i kotibiyati mudiri vazifasini bajaruvchi vazifasida mehnat qilgan.
Bo‘riboy Domotov Qashqadaryo viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati yetakchi mutaxassisi etib tayinlandi.
Ulug‘murod Ulug‘bekovich Lutfullayev Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i kotibiyati 1-toifali mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.
Yig‘ilishda viloyati hokimi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbari Abdug‘ani Himmatovga tizimda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun hayfsan berilgan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi