Zoyir Mirzayev kam ta’minlangan oilaning uyida tunab qoldi
Jamiyat
−
13 fevral 2022
29069Kecha, 12 fevral kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan, 30 yildan buyon hokimlar qadam bosmagan Piskom qishlog‘iga borgani haqida xabar bergan edik. Hokim viloyatning barcha rasmiylari bilan shu qishloqda, yana oddiy odamlar uyida tunab qoldi.
Qishloqda bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ muxbiri tongda sut bilan nonushta qilgan Zoyir Mirzayevning qarshisiga chiqib, uni savollarga tutdi.
“Kecha bir kam ta’minlangan oilaga, Zuhra opaga sovg‘a olib kelgandik. U kishi “Uchta o‘g‘lim kontraktda o‘qiydi, turmush o‘rtog‘im olti oy avval olamdan o‘tgan, 30 million kreditimizni yopolmayapmiz”, deb masala qo‘ygan edi. Kechqurun shu kishining uyida qoldik. O‘g‘illari bilan gaplashdik, hammasini hal qildik. 30 million kreditini to‘lab beradigan bo‘ldik. Sog‘liq inspeksiyasining rahbari ham o‘sha yerda qoldi. U kishi kontraktni to‘lab berishni va’da qildi”, deydi Zoyir Mirzayev.
Najmiddinova hokimning tongda qanday nonushta qilgani bilan qiziqdi.
“Sut ichdik, zo‘r”, deydi Zoyir Mirzayev.
Piskom qishlog‘ida xalq sayli, sayyor qabul davom etmoqda.
LiveBarchasi