Zoyir Mirzayev Qashqadaryo hokimligidan ketishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 18 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbamizga ko‘ra, Zoyir Mirzayevning o‘rniga O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murod Azimov hokim etib tayinlanadi.

Murod Azimov

Ma’lumot uchun, Zoyir Mirzayev 2019 yil oktyabr oyida Qashqadaryo viloyati hokimi etib tayinlangandi.

Hokim bo‘lguniga qadar u 2016 yildan 2018 yilgacha Bosh vazir o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari, 2018 yilda Bosh vazir o‘rinbosari – agrosanoat, oziq-ovqat va xalq iste’mol mollari majmuasi rahbari bo‘lib ishlagan. Keyinroq esa 2018 yil 7 noyabr kuni Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Qashqadayoryoga hokim bo‘lishi kutilayotgan General-mayor Murod Azimov 2018 yil fevraldan beri Bojxona qo‘mitasiga raislik qilib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

670

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing