“Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direktori ishdan ketdi
Jamiyat
−
26 yanvar 2023 21310 1 daqiqa
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi direktori Sobirjon Oripov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda UzA yozdi.
Xabarda aytilishicha, Hukumatning 26 yanvardagi 31-son qarori bilan uning o‘rniga Shuhrat Hakimov “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi DUK direktori lavozimiga tayinlangan.
Bunga qadar u Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust