Zohid Rixsiyev komadan chiqdi

Madaniyat-san’at

image

“Ummon” guruhi solisti Zohid Rixsiyev komadan chiqdi. Bu haqida uning do‘sti, “Ummon” guruhining boshqa bir a’zosi Shohruh o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Yangilikni sizlar bilan ulashmoqchiman. Do‘stimiz Zohid ko‘zlarini ochdi”, degan u Instagram’da.

Eslatib o‘tamiz, 29 sentyabr kuni Toshkentning Yunusobod tumanida xonanda Zohid Rixsiyev boshqaruvidagi BMW rusumli transport vositasi avtohalokatga uchragandi. Oqibatda mashinada bo‘lgan yana uch kishidan biri, 1994 yilda tug‘ilgan X.S. voqea joyida vafot etgan. Ikki kishi og‘ir jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Zohid Rixsiyev bugungacha koma holatida bo‘lib, ahvoli og‘ir deya baholanayotgan edi.

Shuningdek, uning 10 yilgacha qamalishi mumkinligi haqida ham yozgan edik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Zohid Rixsiyev shifoxonaga olib borilganidan so‘ng, uning qonidan namuna olingan va spirtli ichimlik ichgan-ichmaganini tekshirilgan.

Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing