Zlatan Ibragimovich: “Mening kelajagim – futbol, mening dunyom – futbol”
Sport
−
28 fevral 2022
2897Italiyaning “Milan” klubi futbolchisi Zlatan Ibragimovich jamoasi A Seriya g‘olibligini qo‘lga kiritmaguncha faoliyatini yakunlamaslikka va’da berdi. 40 yoshli shved MLS’dagi faoliyatidan so‘ng 2020 yilda “Milan”ga qaytdi, ammo hali “rossoneri”lar safida sovrin yutishning uddasidan chiqqanicha yo‘q.
Zlatanga ko‘ra, u "Milan" bilan nimadir yutmaguncha faoliyatini yakunlamoqchi emas, futbol uning kelajagi va dunyosidir
“Ayni damda o‘ynay olmasligimdan xafaman, bu meni juda qattiq ranjitmoqda. Ayniqsa, jamoam yaxshi o‘yin namoyish qilayotganda, men ularga yordam berolmayapman. Men maydonda bo‘lishni va klubga yordam berishni xohlayman. Italiyaga qaytganimdan beri biz ajoyib ishlarni qildik. “Milan” chindan kuchli ko‘rinmoqda. Sovrinlarni yutishni boshlasak, bizda hammasi joyida bo‘ladi. Biz bunga erishish uchun kurashyapmiz. Men “Milan” bilan biror narsa yutmagunimcha, ishdan ketmayman. Shuni ham aytib o‘tishim kerakki, mening kelajagim – futbol, mening dunyom – futbol”, degan 40 yoshli shved hujumchisi.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” klubi oxirgi bor 2011-2012 yilgi mavsumda A Seriya g‘olibligini qo‘lga kiritgan. O‘sha paytda, Zlatan ham “rossoneri”lar tarkibida to‘p tepardi. Joriy yil milanliklar Italiya chempionatida g‘olib chiqishga juda yaqin kelishmoqda. Ular 57 ochko to‘plagan holda, “Napoli” bilan birgalikda A Seriya jadvalida yetakchilik qilmoqda. Ibragimovich jarohat sababli 2022 yil maydonga chiqmadi. 2021 yilda esa Italiya chempionatida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 golli uzatma amalga oshirgan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi