Zinchenko ukrainaliklar orasida rekordchiga aylandi
Sport
−
07 noyabr 2022 3327 1 daqiqa
Londonning “Arsenal” jamoasida to‘p surayotgan yarim himoyachi Aleksandr Zinchenko Angliya Premer-ligasida o‘tkazilgan o‘yinlar bo‘yicha ukrainalik futbolchilar orasida rekordchiga aylandi.
Kecha, 6 noyabrda bo‘lib o‘tgan “Arsenal”-“Chelsi” uchrashuvi (1:0) 25 yoshli futbolchining APLdagi 82-o‘yiniga aylandi. Natijada Zinchenko ukrainalik sobiq himoyachi Oleg Lujniydan o‘zib ketdi. Lujniy faoliyati davomida 81 o‘yinda maydonga tushgan. Kuchli uchlikni “Vest Xem”ning sobiq futbolchisi Andrey Yarmolenko 66-o‘yini bilan yakunladi.
Zinchenko uzoq vaqt “Manchester Siti” da o‘ynagan va o‘tgan yozda “Arsenal” safiga qo‘shilgan edi. U londonliklar bilan to‘rt yillik shartnoma tuzgan.
Mushtariy G‘aniyeva
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025