“Muhtasham yuz yil” seriali qahramonlaridan biri 16 yilga qamaldi

Olam

image

Turkiyaning “Muhtasham yuz yil” teleserialidagi roli bilan ko‘pchilikka tanish aktyor Adnan Kochga 16 yilu 8 oy qamoq jazosi tayinlandi. Unga nisbatan politsiyaga qurolli qarshilik ko‘rsatish, garovga olish va o‘qotar qurolni noqonuniy saqlash ayblari qo‘yilgan. Bu haqda “Cumhuriyet” nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Adnan, uning ukasi va yana uch kishi 2018 yilning mart oyida Istanbulda giyohvandlikka qarshi o‘tkazilgan operatsiya vaqtida qo‘lga olingan. Giyohvand moddalar sotuvchisi Sinan Bozburun giyohvand jinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti bilan kelishga holda Atashehirdagi kafelardan biriga keladi. U bu yerda aktyor bilan uchrashishi kerak edi. 

U mijoziga bergan sumkada 2 gramm kokain va 0,4 gramm metamfetamin giyohvandlik moddalari bo‘lgan. Qo‘lga olish jarayonida aktyor jinoyat izlarini yo‘q qilishga uringan. Shu bilan birga politsiya xodimlari bilan janjallashgan va otishma uyushtirgan. Oqibatda olti nafar politsiyachi jarohat olgan. Jinoiy ish ishtirokchilarining barchasi 4 yildan 17 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan.

Ayblanuvchilarning advokati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa uchun mas’ullarning o‘zi aybdor. Chunki ushbu voqea sabab ular ayovsiz kaltaklanib, ayrimlarining oyoq-qo‘llari sindirilgan. Sud advokatning so‘zlariga quloq solmagan. Ta’kidlanishicha, aktyor bu kabi mashmashalarga birinchi marta yo‘liqayotgani yo‘q. Avvallari ham shunga o‘xshash janjalli holatlar turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan. Sud buni inobatga olganini alohida ta’kidlagan.

Adnan Koch ko‘plab turk seriallarida rol ijro etgan. Jumladan, uning “Muhtasham yuz yil” serialidagi Bahrom poshsho obrazini talqinlashtirib berishi, ko‘pchilik e’tirofiga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Adnan Koch “Muhtasham yuz yil”

Baholaganlar

447

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar