Zilziladan keyin 269 quruvchi va pudratchi hibsga olindi
Olam
−
09 mart 2023
4831Turkiya hukumati fevral oyida mamlakat janubi-sharqida ro‘y bergan zilzilalar oqibatida uylarning qulashi uchun javobgar bo‘lishi mumkin bo‘lgan 269 kishini, jumladan, quruvchilar va pudratchilarni hibsga oldi. Bu haqda payshanba kuni TRT telekanali huquq-tartibot organlaridagi manbalarga tayangan holda ma’lum qildi.
Teleradiokompaniyaga ko‘ra, 106 kishini hibsga olish uchun order ham chiqarilgan.
Umuman olganda, 1068 nafar, jumladan, 14 nafari xorijda bo‘lgan shaxslarga nisbatan zilziladan keyingi tergov harakatlari boshlangan. TRT xabariga ko‘ra, 320 nafar gumondor garov evaziga ozod qilingan, 86 nafari hibsdan ozod qilingan, qolganlari tergov qilinmoqda yoki hibsga olinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita vayronkor zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashlari va minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan. Turkiyada qurbonlar soni 46 mingdan oshdi. Turkiyaga yetkazilgan tabiiy ofatdan jami zarar, BMT prognozlariga ko‘ra, 100 milliard dollardan oshishi mumkin.
LiveBarchasi