Zilzila tufayli yopilgan aeroport faoliyatini qayta tikladi

Olam

image

Zilzila oqibatida yopilgan Turkiyaning Hatay aeroporti ta’mirlash ishlari tugatilgach, qayta ochildi. Ma’lum bo‘lishicha, yer silkinishi natijasida faqatgina uchish-qo‘nish yo‘lagiga zarar yetgan va bir hafta ichida ta’mirlash ishlari olib borilgan. Bu haqda Turkiyaning transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘li Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Biz Hatay aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagininig ta’mirlash ishlarini yakunladik, bugun u qayta ishga tushirildi”, deb yozdi infratuzilma vaziri. 

Ta’kidlanishicha, aeroportning ochilishi zilziladan jabr ko‘rgan hududlarga tezroq yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.

Shundan so‘ng, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan dastlab 100 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi, joriy yilning 9 fevral kuni 71 kishilik ikkinchi guruh Turkiyaga yuborildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston joriy yining 6 fevral kuni kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing