Zilzila qurbonlari 20 mingdan oshdi
Olam
−
11 fevral 2023
7383Turkiya janubi-sharqidagi zilzila qurbonlari soni 20 318 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqamasi ma’lum qildi.
“Turkiyadagi zilzilalar qurbonlari soni 20 318 kishini tashkil etdi, 80 088 kishi jarohat oldi”, deyiladi xabarda.
Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 6 fevral kuni 9 soatlik interval bilan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari ortidan yuzlab zilzilalar mamlakatning 10 viloyati va qo‘shni davlatlarda sezilgan, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan.
LiveBarchasi