“ZIL” haydovchisi qasddan mast erkakning qo‘lini bosib ketdi

3-sahifa

image

Namanganda 26 yashar “ZIL” boshqaruvchisi 46 yashar mast haydovchi bilan janjallashib, uning qo‘lini o‘ziga tegishli yuk avtomobili bilan bosib ketdi. Fuqaro Q.F. og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasidan xabar berishlaricha, holat joriy yilning 18 dekabr kuni soat 17:00 atrofida sodir bo‘lgan. Namangan tumanida yashovchi 26 yoshli A.N. ushbu tumandagi “Qurama” mahallasi hududida fuqaro 46 yoshli Q.F. bilan janjallashib qoladi. A.N. qo‘li bilan Q.F.ning yuz qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazadi. So‘ng uning chap qo‘lini “ZIL MM3554” rusumli avtomashina baloni bilan bosib o‘tib ketadi. Q.F. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. 

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida aniqlanishicha, ushbu kuni A.N.  zining boshqaruvida bo‘lgan “ZIL MM3554” rusumli avtomashinasini “Qurama” mahallasi hududidagi ichki ko‘chalar bo‘ylab boshqarib ketayotib Q.F.ning boshqaruvida bo‘lgan NEXIA rusumli avtomobil yo‘lni to‘sib qo‘yganligi sababli yo‘lini davom etira olmagan. Mast holatda bo‘lgan Q.F. esa unga kutib turishini aytgan. Shundan so‘ng ikkiovlon o‘rtasida janjal chiqqan.  

Mazkur holat yuzasidan Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

348

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing