Zidan “Real”dan qachon ketishi ma’lum bo‘ldi 

Sport

image
0:00
0:00
download

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi, fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan ushbu mavsum oxirida o‘z lavozimidan ketmoqchi. Bu haqda “TeleMadrid” xabar bergan.  

Nashrga ko‘ra, Ispaniya chempionatidagi g‘alaba ham mutaxassisning qaroriga ta’sir qilmaydi. 

Bundan tashqari, ushbu qaror mutaxassis tomonidan bir necha oy oldin qabul qilingan. U qarorini ham ruhan, ham jismonan charchagani bilan izohlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Zidan 2016 yilda Madrid jamoasi bosh murabbiyiga aylangan va 2018 yilning yozigacha shu lavozimda qolgan. Shundan so‘ng u jamoani tark etgan, ammo boshqa klubni boshqarmagan. 2019 yilda fransiyalik mutaxassis ushbu lavozimga qaytgan. 

“Real” Ispaniyada chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Zinedin Zidan jamoasi 78 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Zidan

Baholaganlar

802

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing