Jurnalistlarni o‘ldirish o‘ta qo‘rqinchli va xavfli emas 

Tahlil 8547
image

So‘nggi o‘n yil ichida, o‘rtacha har to‘rt kunda qaysidir mamlakatda jurnalistlar vafot extadi. Bugungi kunda OAV xodimlari qurolli to‘qnashuvlar va mojarolar hududida emas, aynan tinch mamlakatlarda ta’qib va qotillik qurboni bo‘lmoqda. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, 2018-2019 yillarda dunyo bo‘ylab 156 jurnalist o‘ldirilgan. Ushbu raqamlarning 31 foizi Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasi davlatlariga, 30 foizi esa Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga to‘g‘ri keladi. 

Birgina o‘tgan yilning o‘zida 57 nafar jurnalist qotillik qurboni bo‘lgan. Bu raqamlar garchi 2018-2019 yillarga nisbatan 14 foizga kamaygan bo‘lsa-da, muammo o‘z dolzarbligini hamon yo‘qotmayapti. 

Oxirgi yetti yil ichida jurnalistlarga nisbatan tahdid va qotillik eng yuqori darajaga yetdi. Jurnalistlarning ayrimlarim korrupsiya, inson huquqlarining buzilishi va odam savdosi kabi muammolarni olib chiqqani uchun o‘z hayoti bilan badal to‘lagan. BMTning qayd etishicha, mahalliy jurnalistlarning 95 foizidan ortig‘i qotillik qurboni bo‘lgan. 

OAV xodimlarining o‘limi eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida Iroq va Meksika birinchi o‘rinni egallaydi. Xususan, bugunga kunga qadar Iroqda – 339, Meksikada – 175, Filippinda – 159, Pokistonda – 138, Hindistonda – 116, Rossiya Federatsiyasida – 110, Jazoirda – 106, Suriyada – 96, Somalida – 93 va Afg‘onistonda – 93 nafar jurnalist qotillik qurboni bo‘lgan.

Iroqda, jurnalistlarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq holatlar 2003 yilda, Angliya-Amerika bosqini boshlanganda, Afg‘onistonda esa 2001 yil AQSH harbiylarini kiritgandan keyin avj olgan. Suriyada 2011 yildan buyon davom etayotgan urush oqibatida oxirgi 9 yil ichida 96 nafar jurnalist o‘ldirilgan.

Shuningdek, Afrika mintaqasida jurnalistlar uchun eng xavfli davlat Somali bo‘lsa, Lotin Amerikasida Meksika hisoblanadi.

So‘nggi yillarda o‘ldirilganlarning aksariyati ommaviy axborot vositalarida nomlari yangramaydigan mahalliy jurnalistlardir. Butun dunyoda 75 foizga yaqin OAV urush bo‘lgan hududga qadam bosmagan, o‘qqa tutilmagan. Buning o‘rniga ular mototsiklda yoki mashinada urib ketilgan, yollanma shaxslar tomonidan pichoqlangan, uyi yoki idorasi yaqinida otib o‘ldirilgan. Ba’zan esa o‘g‘irlab ketilgandan so‘ng, o‘lik holda topilgan.

“Dunyo bo‘ylab qariyb 90 foiz jurnalistning o‘limida hech kim jinoiy javobgarlikka tortilmagan, hatto, jinoiy ish ham ochilmagan. Bu shuni ko‘rsatadiki, jamiyatda jurnalistni o‘ldirish o‘ta qo‘rqinchli va xavfli emas. Qotillik “muammoli” jurnalistlarning ovozini o‘chirishning eng oson va eng arzon usulidir. To‘g‘ri vaqti-vaqti bilan jinoyatchi aniqlanadi ammo ular ham pul orqali jazodan qutilib qoladi”, Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining bayonotida. 

Ma’lumot uchun, hozirda dunyoning 34 mamlakatida kamida 235 jurnalist qamoqda. Ular yoritayotgan voqealarining ortida turgan guruhlar “sharofati bilan turmaxonada “yemagan somsasi uchun pul to‘layapti”.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 149
Reyting: 2.9
t
×