Jurnalistlarga “xavfsiz yordam”lar yuborildi

Jamiyat

image

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan jurnalistlarga 150 million so‘mdan ziyod miqdorda yordam ko‘rsatildi. 

Fond “Xafsiz yordam” loyihasini davom ettirgan holda jurnalistika va telekommunikatsiya sohasining 100 nafar vakillari ro‘yxatini shakllantirdi. Mazkur ro‘yxatning asosini jurnalistika sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar tashkil qiladi. Ro‘yxatga salomatligini tiklash uchun davolanayotgan hamda turli oilaviy sabablarga ko‘ra ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan jurnalistlar ham kiritildi. Ro‘yxatni shakllantirishda, tegishli tashkilotlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi jurnalistlar guruhlari yaqindan yordam berishgan.

Fond tomonidan ro‘yxatdagilarga ikki bosqichda jami 150 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Xususan, birinchi bosqichda ularning uylariga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamini yetkazish boshlangan bo‘lsa, keyingi bosqichda ularning har biriga maxsus plastik kartochkalarda 1 mln so‘mdan pul mablag‘lari taqdim etiladi.

“Biz bugungi sinovli kunlarda moddiy yordamga muhtoj hamkasblarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni o‘z burchimiz deb bilamiz”, deb aytiladi fond rasmiy xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing