Jurnalist Nig‘mat Yoqubov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
07 fevral 2022 8314 1 daqiqa
Bugun faxriy jurnalist, yozuvchi, “Do‘stlik ordeni” sohibi Nig‘mat Yoqubov 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi xabar bermoqda.
Nig‘mat Yoqubov “Sovet O‘zbekistoni” (hozirgi "O‘zbekiston ovozi"), “Qishloq haqiqati” (hozirgi "Qishloq hayoti") gazetalarida hamda “Muloqot” jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir lavozimlarida ishlagan.
Bugungi kunga qadar ustoz jurnalistning 54 ta kitobi nashr etilgan. Ularda sog‘lom turmush kechirish, uzoq umr ko‘rish sirlarini bilgan insonlar, iste’dodli yoshlar haqida atroflicha yoritilgan.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr