“Jurnalist xato qilsa, jazolarni eslatuvchi IIV qayerga qarayapti?”. Allamjonov “tabib” bo‘yicha munosabat bildirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonga kelgan “kurdistonlik tabib” Ali Mahmud Hasan bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni ogohlantirdi. IIV mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni aytgan bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholining ishonch va e’tiqodidan foydalanib, soxta tabiblik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar xaqida ogohlantirdi.  Shu o‘rinda, Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov ham ushbu masala bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

“Agar uning firibgarligi haqidagi ma’lumotlar asosli, isbotlangan bo‘lsa, nega uning faoliyati cheklanmayapti? Uning bemalol viloyatma-viloyat yurib, odamlarni davolashiga yo‘l qo‘yib berilyapti. 

Agar haqiqatda foydali tabib bo‘lsa, uni ham ro‘yxatga olish, litsenziya [berish] degan qoidalari bor. Gap odamlar ishonchi va hayoti haqida ketyapti. Endi bir kamiga chetdan kelib, xohlagan odam xohlagan ishini qilib ketishi qolgandi. Shaharning darvozasi joyida turibdimi o‘zi? Albatta, kimdir o‘lishi yoki aziyat chekib, voy-dod, deyishini kutyapmizmi”, deydi Allamjonov.

Shuningdek, Komil Allamjonov Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati va Ichki ishlar vazirligini “quruq gapiravermay ishlashga” chaqirdi.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik xizmat karantin, deb rosa jazolashni biladi-ku. Yoki matbuot xodimlarining ozgina xatosini ko‘rib qolsa, qonunlar va jazolarni eslatuvchi IIV qayerga qarayapti? Bu holatda rasmiy munosabatning o‘zi kamlik qiladi. Ishlash kerak, o‘rtoqlar, quruq gapiravermay!

Shifo izlab har bir imkoniyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan barcha bemorlarimizga esa Alloh shifo bersin”, deb yozadi Mass-medi fondi raisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Komil Allamjonov xalqaro tashkilotlarga LGBT bo‘yicha murojaat bilan chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

545

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing