Jumanazar akaga tashxis qo‘yildi: u g‘ayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj

Jamiyat

image

Bir necha oy avval ijtimoiy tarmoqlarda Jumanazar Rahmonov o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashganini iddao qilib chiqqandi. Oradan ko‘p o‘tmay, Rahmonov telekanallarning asosiy qahramoniga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar esa uning ishtirokidagi videolar bilan to‘lib toshdi. 

Internetda tarqalayotgan ma’lumotlarga qaraganda, "o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashgani"ni iddao qilayotgan Jumanazar Rahmonovga Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi tomonidan tashhis qo‘yilgan.  

Ekspertlar komissiyasi xulosasiga ko‘ra, Jumanazar Rahmonov yurish-turish, hayot tarzi, xatti-harakatlarida atrof muhitdan qoniqmaslik, o‘zining gallyusinator-fantastik vasvasa g‘oyalari ta’sirida fantastik kechinmalari, davriy oneyroid ong buzilishlari, o‘ziing fikrlarida qat’iy turishi, ayni vaqtdagi gallyusinator-fantastik kiritmalari, o‘zga olam, o‘zga sayyora haqidagi qat’iy fikrlari korreksiyaga tushmasligi, 1990 yilda ham yuqoridagi ruhiy buzilishlar kuzatilgani undagi "rekkurent shizofreniya, gallyusinator-fantastik vasvasa sindromi" tashxisini tasdiqlaydi. Shuning uchun Jumanazar Rahmonov aqli noraso deb topiladi. Ruhiy holatiga ko‘ra, Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida g‘ayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj, deyiladi ekspertlar xulosasida. 


Maqola muallifi

Teglar

Jumanazar Rahmonov

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar