Juma namozini masjidda o‘qishga o‘rnatilgan cheklov bekor qilindi

Jamiyat

image

Masjidlarda juma namozlarini o‘qish bo‘yicha karantin cheklovlari bekor qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida aholini ommaviy emlash ishlarini jadallashtirish, shuningdek, aholiga diniy ibodatlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan kiritilgan takliflar har tomonlama muhokama qilindi. 

Muhokama natijalari bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 13 avgustdan e’tiboran:

  • masjidlarning barcha ishchi va xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lgan taqdirda ushbu masjidlarda juma namozini o‘tkazishga ruxsat berish;
  • masjidlarga juma namozini o‘qish uchun koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno) to‘g‘risidagi takliflari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma’qullandi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan boshqa diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlarga ham mazkur tartibni tatbiq etishni tavsiya qilindi. 

Shu bilan birga diniy ibodatlarni ado etish jarayonida tashrif buyuruvchilar tomonidan tibbiy niqobda bo‘lish hamda ijtimoiy masofani saqlash bo‘yicha karantin cheklovlariga qat’iy rioya etilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

322

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing