Juda xavfli: koronavirusning “afrikancha” turi tarqalmoqda

Olam

image

Afrikaning to‘rtta mamlakati – Botsvana, Zambiya, Keniya va Gambiyada juda xavfli bo‘lgan “501.V2” koronavirusining “afrikancha” shtammi topildi. Bu haqda eNCA mahalliy telekanali Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga asoslanib xabar berdi.

“Janubiy Afrikada paydo bo‘lgan mutant virusi Afrikaning yana to‘rtta davlatida allaqachon aniqlangan. Ko‘rinib turibdiki, u boshqa Afrika davlatlarida ham mavjud, ammo u yerda hali aniqlanmagan. Endi mutant virusining to‘liq genetik kodini olish uchun ish olib boryapmiz, bu ushbu shtammni tezkor aniqlashga imkon beradi”, deydi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika vakolatxonasi rahbari Matshidiso Moeti.

Janubiy Afrika Hukumati 2020 yil 21 dekabr kuni mamlakat janubida oktyabr oyida yangi va tajovuzkor koronavirus shakli topilganini e’lon qildi. “501.V2” virusi Janubiy Afrikada epidemiyaning ikkinchi to‘lqinini keltirib chiqardi va yanvar oyining o‘rtalarida avjiga chiqdi. Dastlabki tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, koronavirusning bu turi juda yuqori darajada tarqalmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Keniya tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari mamlakatda koronavirusning 16 yangi turi tarqalishi mumkinligini aniqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

675

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing