JSST “Remdesivir”dan foydalanishga qarshi chiqdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shifoxonalarda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun "Remdesivir" preparatini ishlatmaslik to‘g‘risida shartli tavsiya berdi. Bayonotda ta’kidlanishicha, uning samaradorligi hali isbotlanmagan

Preparatning samaradorligini tekshirish 15 oktyabr kuni boshlangan. Jami to‘rtta mustaqil sinov o‘tkazilgan, ularda 7 mingdan ortiq bemorga tegishli ma’lumotlar tahlil qilib chiqilgan.

"Kasallikning og‘irlik darajasidan qat’i nazar "Remdesivir" preparatidan foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki hozirda dorining bemorlarning omon qolishini isbotlovchi va boshqa yaxshi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hech qanday dalil yo‘q", deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Xalqaro ekspertlar guruhi shunday xulosaga kelgan.

"Preparat COVID-19 ga chalingan odamlarning yashovchanligiga, sun’iy nafas oldirish, sog‘ayib ketish vaqtiga va boshqa ko‘rsatkichlarga ahamiyatli tarzda ta’sir o‘tkazmaydi", deyilgan bayonotda. 

Ma’lumot o‘rnida, JSST oldin ham "Remdesivir"ning foydasi to‘liq isbotlanmaganini ta’kidlagandi.

"Remdesivir"dan boshqa vositalar bilan birgalikda Amerika Prezidenti Donald Trampni davolashda ham qo‘llanilgan. Oktyabrda koronavirusga chalinib, so‘ng sog‘aygan Prezident AQSHning barcha fuqarolariga xuddi o‘zi kabi davolanish bilan ta’minlashni va’da qilgan.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda ushbu dori vositasidan foydalanib kelinmoqda. Bundan bir necha oy avval Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi E’zozbek Rizayev ushbu doridan foydalanish bo‘yicha tavsiya bilan chiqqandi


Maqola muallifi

Teglar

REMDESIVIR

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar