JSST rahbari “omicron”ga qaramay pandemiya tugashi haqida pozitiv taxmin bildirdi

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi 2022 yilda tugashi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qildi. 

“2022 yil pandemiya tugaydigan yil bo‘lishi kerak”, deydi tashkilot rahbari.

Shu bilan birga, Tedros Adxanom Gebreyesus e’tiborni “omicron” shtammning "delta" ga qaraganda tezroq tarqalishiga qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir bunga “ishonchli dalillari” bor.

“Endi emlangan va COVID-19'dan tuzalgan odamlar infeksiyani yuqtirishlari yoki qayta yuqtirishlari mumkin”, deydi u.

Gebreyesus, shuningdek Xitoyni koronavirus qanday paydo bo‘lgani haqidagi barcha mavjud ma’lumotlarni oshkor qilishga chaqirdi.

“Biz (koronavirusning tabiatini) kelib chiqishini o‘rganishda davom etishimiz, ko‘proq harakat qilishimiz kerak, chunki kelajakda yaxshiroq ishlash uchun bu safar nima bo‘lganini aniqlashimiz zarur”, deb tushuntirdi JSST rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina vaksinalardan foydalanish dunyoni ushbu inqirozdan chiqib ketishga imkon bermaydi. Boshqa choralar, jumladan, ijtimoiy masofa, niqob taqish va gigiyenaga rioya qilish kerak.

JSSTning joriy yilning 18 dekabridagi ma’lumotlariga ko‘ra,  “omicron” shtammi 89 ta mamlakatda aniqlangan. Tashkilotning ta’kidlashicha, u bilan kasallanish holatlari bir yarim-uch kun ichida ikki baravar ko‘payadi. Shu sabab ba’zi mamlakatlarda shifoxonlarda  bemorlar soni haddan tashqari ko‘p bo‘lishi mumkin.

Tashkilot, shuningdek,  “omicron” tarqalishi tufayli o‘lim sonining ko‘payishini taxmin qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing