JSST bolalarning noma’lum gepatitga chalinishi ortayotganini ma’lum qildi
Olam
−
25 iyun 2022
8406Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyo bo‘ylab bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatitning 920 ta holatini aniqladi. Bu haqda JSSTning Jenevada chop etilgan press-relizida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, JSST joriy yilning 22 iyun holatiga 33 mamlakatda 920 nafar bolada kelib chiqishi noma’lum gepatitni aniqlagan.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 27 may kuni JSST ushbu kasallik qayd etilgan holatlarini ma’lum qilganidan so‘ng, yana 270 ta ehtimoliy holat haqida xabar berilgan. Bunda 45 nafar bola organ transplantatsiyasiga muhtoj, 18 nafar bemor vafot etgan bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, kelib chiqishi noma’lum gepatitning birinchi holatlari 5 aprelda, Buyuk Britaniya JSSTni Shotlandiyada ushbu kasallikka chalingan 10 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar bola haqida xabardor qilganda qayd etilgan.
Hozirda kasallanganlarning yarmi (460) Yevropaga to‘g‘ri keladi, xususan, Buyuk Britaniyada 267 tasi qayd etilgan. Kasalliklar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Amerika turadi, u yerda 383 ta holat aniqlangan, shundan 305 tasi AQSHda qayd etilgan.
LiveBarchasi