JSST bolalarda uchrayotgan noma’lum gepatit nechta davlatga yetib borganini ochiqladi
Olam
−
09 iyun 2022
5529Dunyo bo‘ylab bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatitning 700 dan ortiq holatlari qayd etildi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus ma’lum qildi.
“JSST bolalarda kelib chiqishi noma’lum gepatit haqidagi xabarlarni kuzatishda davom etmoqda. 34 davlatdan 700 dan ortiq ehtimoliy holatlar haqida xabar berilgan, yana 112 ta holat tekshirilmoqda”, deydi JSST bosh direktori.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kamida 38 nafar bola jigar transplantatsiyasiga muhtoj, 10 holatda kasallik o‘lim bilan yakunlangan.
Gebreyesusning ta’kidlashicha, ko‘pincha gepatitga olib keladigan beshta virus ushbu holatlarning hech birida topilmagan.
"JSST har yili tushunarsiz gepatit holatlari haqida ma’lumot oladi, biroq bir qancha mamlakatlarda kasallanish darajasi kutilganidan yuqori ekanligini aytishdi", deb xulosa qilgan bosh direktor.
LiveBarchasi