JSST 11 ta mamlakatda maymun chechagi aniqlanganini ma’lum qildi

Olam

image

Maymun chechagi endemik deb hisoblanmagan 11 ta mamlakatda 80 ta kasallanish holatlari aniqlandi, yana 50 ta holat tekshirilmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi

“Hozirgacha 80 ga yaqin kasallik aniqlangan, 50 tasi tekshirilmoqda. Kuzatuv kengaytirilgach, yangi holatlar haqida xabar berilishi mumkin”, deyiladi xabarda. 

JSSTga ko‘ra, maymun chechagi bir qator mamlakatlarda ba’zi hayvonlar populyatsiyalarida endemik bo‘lib, mahalliy aholi va sayohatchilar orasida davriy epidemiyalarga olib keladi. Tashkilot maymun chechagi COVID-19 dan farqli tarqalishini ta’kidlagan.

“JSST odamlarni ishonchli manbalardan, masalan, milliy sog‘liqni saqlash organlaridan, o‘z jamiyatlarida avj olish darajasi, alomatlari va oldini olish choralari to‘g‘risida ma’lumot olishga undaydi”, deya qo‘shimcha qilingan JSST xabarida. 

Maymun chechagi belgilari bir necha hafta ichida yo‘qoladi, ammo ba’zi hollarda tibbiy asoratlar va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Bir qator mamlakatlarda, jumladan, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Fransiya, Avstraliya, Kanada, Germaniya, Gollandiya va Ispaniyada ham kasallanish holatlari aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

763

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing