Joshua Ukrainadagi urush sabab Usik bilan revanshni qollirishga qaror qildi

Sport

image

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida  sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua amaldagi chempion ukrainalik Aleksandr Usik bilan revansh jangini qoldirishga tayyor.

Entoni Joshuaning aytishicha, u Ukrainada Usik bilan sodir bo‘layotgan holat to‘g‘risida gapirmaydi. Shuningdek, Aleksandr revansh jangiga tayyor bo‘lguniga qadar boshqa bokschi bilan ringga chiqishga qarshi emas.

“Kuchli jangchilar bilan kurashishni yaxshi ko‘raman. Ular menga qiyinchilik tug‘dirishadi. Usik bilan o‘tkazgan jangim katta sinov bo‘ldi. Agar, revansh to‘qnashuvda Usikni  mag‘lub qilmoqchi bo‘lsam, har tomonlama o‘sishim kerak. Sababi, Usik yaxshi jangchi. Men Aleksandr Usik va Endi Ruizni hurmat qilaman. Shuning uchun, men ham o‘z ishimga hurmat bilan yondashaman. Mashg‘ulotlarga qaytib, yanada kuchli bo‘lish qo‘limdan keladi. Ukrainadagi Usik bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirmoqchi emasman. Chunki oraliq jang o‘tkazishda muammoga duch kelmayman. Men har kim bilan jang qilaman, muammo yo‘q. Jozef Parker revansh o‘tkazishni xohlayaptimi? Men ham uni kaltaklashga qarshi emasman. Kim men bilan urushmoqchi bo‘lsa, istalgan joyida jang qilaman”, degan Joshua.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning 25 sentyabr kunida Entoni Joshua Aleksandr Usikga qarshi jang o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragandi. Natijada, Aleksandr WBA, WBO, IBF, IBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing