Joshua chempionlik unvonlarini yo‘qotishi mumkin – Usik
Sport
−
23 Sentabr 2021
5457Boks bo‘yicha yarim og‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq Jahon chempioni Aleksandr Usik WBA, WBO, IBF va WBO kamarlari sohibi Entoni Joshua bilan bo‘lajak jangga tayyorligi haqida gapirdi. Aleksandr va Entoni dueli joriy yilning 25 sentyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Usik so‘zlariga ko‘ra, Joshua uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar mavjud. Uy arenasi omili va muxlislar bosimi, shuningdek, o‘z uslubiga yaqin sparring raqiblarni topa olmaslik britaniyalik bokschining zarariga ishlashi mumkin.
“Ishonchim komilki, garchi Joshuaning foydasiga turli sabablar bo‘lsa ham uni yengishim mumkin. Ha, u super yulduzga aylandi – xuddi men kabi. Entoni London Olimpiadasining oltin medali sohibi, og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni. Lekin men u bilan jang qilishdan qo‘rqmayman. Nima uchun? Bu mening faoliyatimda superog‘ir vazn toifasidagi eng katta jang. Lekin g‘alaba qozonishimga ishonaman. Raqibni nokaut yoki ochkolar evaziga taslim etishning farqi yo‘q. Agar asabiylashsam, kuchsizlanib qolaman. Men hozir xotirjamman. Tan olaman, Joshuaning janglarini anchadan buyon kuzatib kelaman”, deydi ukrainalik bokschi.
Aleksandr Usik jang Joshua uchun asabiy tarzda o‘tishini taxmin qilmoqda:
“Umuman olganda, bu jang “AJ” uchun asabiy tarzda o‘tadi. U o‘z uyidagi tomoshabinlar oldida chiqish qiladi. Hatto, chempionlik unvonlarini yo‘qotishi ham mumkin. Joshua mening uslubimdagi sparring raqibni huch qachon topa olmaydi”.
Eslatib o‘tamiz, IBF kamariga da’vogar Aleksandr Usik faoliyati davomida 18 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Entoni Joshua 25 marta ringga ko‘tarilgan va 24 g‘alabaga erishgan.
LiveBarchasi