Joriy yilda qancha abituriyent talaba bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi. 

Shundan:

•  39 962 nafari – davlat granti;
•  150 413 nafari – to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

•  Kunduzgi ta’lim shakli – 118 352 nafar;
•  Sirtqi ta’lim shakli – 45 407 nafar;
•  Kechki ta’lim shakli – 9 139 nafar;
•  Masofaviy ta’lim shakli – 3 416 nafar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

•  davlat granti asosida o‘rtacha ball – 121,2 ballni;
•  to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball – 95,9 ballni tashkil etdi.

Shuningdek, 13 mingdan ziyod abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan. 

Ulardan: 

•  176 mingdan ziyodi  – umumiy qabul parametrlari doirasida;
•  13 mingdan ziyodi – imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

•  nogironligi bo‘lgan shaxslar – 3,2 ming nafar;
•  “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar – 272 nafar;
•  muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar – 4,7 ming nafar;
•  harbiy xizmatchilarning farzandlari – 1,9 ming nafar;
•  Ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari – 739 nafar;
•  ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar – 1,9 ming nafar;
•  kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar – 379 nafar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

513

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing