Samarqandda inson huquqlari bo‘yicha forum o‘tkaziladi
Jamiyat
−
22 iyun 2020
4945Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik. Mazkur farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.
Farmonda qayd etilishicha, inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlari madaniyatini oshirishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun har yili Xalqaro inson huquqlari kunida topshiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etiladi.
Har ikki yilda yuqori saviyada hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlar mutaxassislari va faxriy mehmonlar ishtirokida Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini o‘tkaziladi.
Farmonga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilishi lozim.
Shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini 2020 yilda Samarqand shahrida o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish ham Vazirlarlar Mahkamasiga yuklangan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bir oy muddatda Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi konsepsiyasi va uni o‘tkazish reglamentini ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.
LiveBarchasi