Joriy haftada quruq va iliq ob-havo kuzatiladi

Bu qiziq

image

Joriy hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzning birinchi oyi uchun xos bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati esa o‘rtacha darajada bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qayd etilishicha, haftaning birinchi yarmida Respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Haftaning ikkinchi yarmida esa havo bulutli bo‘ladi, lekin hududning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ish haftasining eng oxirida – 29 sentyabr kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi. Kechalari va ertalab harorat 12-17 daraja iliq bo‘lib, nisbatan salqin ob-havo kuzatiladi. Kunduzi esa quyosh nurlari havoni 25-30 darajagacha, ba’zi joylarda 32 darajagacha isitadi.

Haftaning ba’zi kunlari tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkent shahrida 25-29 sentyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutimaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 13-16 daraja, kunduz kunlari 25-28 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing