Joriy haftada havo harorati biroz ko‘tariladi

Bu qiziq

image

Joriy hafta O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Hafta o‘rtasiga borib harorat ko‘tarila boshlaydi. Bu haqda respublika Gidrometeorologiya markazi xizmati xabar berdi.

Bugun va ertaga respublika hududi bo‘yicha salqin ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari 13-16 daraja iliq, kunduz kunlari 27-32 daraja, janubda 35 daraja issiq bo‘ladi. Bu avgust oyi o‘rtasi uchun me’yoriy haroratdan 2-4 darajaga past hisoblanadi.

Hafta o‘rtasida salqin havo massasi respublika hududidan asta-sekin chekina boshlaydi, havo harorati ko‘tariladi va hafta oxiriga kelib, kechalari 17-20 daraja iliq, kunduz kunlari 34-37 daraja issiq bo‘ladi.

Ushbu kunlarda hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida bugun kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.

14-15 avgust kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.

Poytaxt Toshkentda 14-18 avgust kunlari havo kam bulutli bo‘ladi. Bugun va ertaga harorat 29-32 daraja bo‘ladi, so‘ng 34-37 darajacha ko‘tariladi. Hafta boshida harorat kechasi va ertalab 13-16 daraja, hafta oxiriga kelib 17-20 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing