Jonson yana Britaniya Bosh vaziri “kursi”sini egallashi mumkin – OAV

Olam

image

Bugun, 20 oktyabrda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass iste’foga chiqqanidan so‘ng mamlakatning sobiq hukumat rahbari Boris Jonson saylovlarda o‘z nomzodini qo‘ymoqchiligini bildirdi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, Jonsondan tashqari sobiq Moliya vaziri Rishi Sunak va Britaniya Jamoalar palatasi rahbari Penni Mordont ham Bosh vazir lavozimi uchun kurashishi kutilmoqda.

Nashrning yozishicha, Sunak tarafdorlari so‘nggi saylovlardan keyin u Bosh vazir lavozimi uchun “eng munosib nomzod” bo‘lishi mumkinligiga ishonchi komil. 

“Mordont hisobot berish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin, ammo u Bosh vazir bo‘lish uchun yetarlicha tajribaga ega emas”, deya ta’kidlayapti ba’zi amaldorlar.

Shuningdek, nashr Trassning ehtimoliy vorislari sifatida Britaniyaning Moliya vaziri Jeremi Xant va Mudofaa vaziri Ben Uollesni nomzodini ko‘rsatgan.

Biroq, Xant Trassning iste’fosidan ko‘p o‘tmay o‘z nomzodini qo‘ymasligini aytdi, Uolles ham Mudofaa vaziri bo‘lib qolishni xohlashini aytgan. “Sky News” telekanali bir kun avval iste’foga chiqqan sobiq Ichki ishlar vaziri Suella Bravermanni ham ehtimoliy nomzod sifatida ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bosh vazir va Britaniya Konservativ partiyasi rahbari Liz Trass o‘zining vorisi saylanmaguncha Vazirlar Mahkamasi rahbari lavozimida qolishini ta’kidlab, iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Trass bor-yo‘g‘i 44 kun Bosh Vazir bo‘lib ishladi va mamlakat tarixiga eng kam vaqt hukumatni boshqargan rahbar sifatida kirdi.

Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing