Jonson Kiyevda Zelenskiy bilan uchrashdi

Olam

image

Bugun, 9 aprel kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Kiyevga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu haqda Ukraina yetakchisi devonxonasi rahbari o‘rinbosari Andriy Sibiga ma’lum qildi.

“Hozirda Boris Jonsonning Kiyevga tashrifi Prezident Zelenskiy bilan yakkama-yakka uchrashuvdan boshlandi. Buyuk Britaniya Ukrainaga mudofaa yordami bo‘yicha yetakchi hisoblanadi”, deb yozadi Sibiga.

Jonsonning matbuot kotibiga ko‘ra, ular Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashni muhokama qilgan. Tashrif chog‘ida Bosh vazir moliyaviy va harbiy yordamning yangi paketini Zelenskiyga taqdim etadi.

Ma’lumot uchun, oxirgi marta Jonson 1 fevral kuni Kiyevga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. “Reuters” agentligi Jonson vakiliga tayanib xabar berishicha, Zelenskiy bilan muzokaralar chog‘ida Bosh vazir Kiyev va Moskva o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan vaziyatda Ukraina Buyuk Britaniya va ittifoqchilardan nimani olishni xohlayotganini bilmoqchi.

8 aprel kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Ukrainaga 100 million funt sterlinglik harbiy texnika, jumladan “Starstreak” zenit raketalari, 300 ta tankga qarshi raketalar va o‘q-dori, zirh va dubulg‘alar sovg‘a qilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing