Jonson Britaniya Ukrainaning orqasida turishiga va’da berdi

Olam

image

Buyuk Britaniya yana bir harbiy yordam paketi doirasida Ukrainaga 120 ta zirhli texnika va kemalarga qarshi tizimlar yuboradi. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Kiyevdagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha bayonotida so‘z boradi.

“Bosh vazir Ukrainani hozirgi holatida qo‘llab-quvvatlash uchun 120 ta zirhli texnika va yangi kemaga qarshi raketa tizimlari ko‘rinishidagi harbiy yordamning yangi dasturini taqdim etdi”, deyiladi bayonotda. 

Ta’kidlanishicha, ushbu qurollar joriy yilning 8 aprel kuni e’lon qilingan Starstreak zenit-raketalari, 800 ta tankga qarshi boshqariladigan raketalar va yuqori aniqlikdagi snaryadlarning yangi jo‘natmalariga qo‘shimcha ravishda keladi.

Bundan tashqari, Jonson Jahon banki orqali Ukrainaga 500 million dollar miqdorida qo‘shimcha kredit kafolatlari berilishini ma’lum qilgan. 

"Bugun men Birlashgan Qirollik ukrainaliklarning davom etayotgan jangida shak-shubhasiz orqasida turishini aytdim. Biz uzoq vaqt davomida yordam berishga tayyormiz", deydi u.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya umumiy hisobda Ukrainaga xalqaro taraqqiyot banklari orqali 1 milliard dollargacha bo‘lgan kreditlarni kafolatlagan.

Shuningdek, London ukrainaliklar uchun hayotiy insonparvarlik xizmatlarini doimiy ravishda ko‘rsatishni ta’minlash” maqsadida Ukraina hukumatiga taxminan 400 million funt sterling (500 million dollardan sal ko‘proq) yordam ko‘rsatgan. Buyuk Britaniya Ukrainadan import qilinadigan aksariyat mahsulotlar uchun tariflarni yumshatgan va tovarlar uchun "bojxona imtiyozlari" joriy qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

288

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing